Kecha, 19 aprel kuni hamkorlikdagi tashkilot mas`ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan fuqarolar xavfsizligini ta`minlash va sog`lig`ini muhofaza qilish maqsadida o`tkazilgan reyd tadbiri davomida karantin qoidalariga amal qilmagan 200 nafardan ortiq fuqarolar rasman ogohlantirildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB.
Shuningdek, ogohlantirishlarga qaramay amaldagi karantin qoidalarini qo`pol ravishda buzgan shaxslarga nisbatan tegishli chora qo`rildi.
"Toshkent viloyati IIBB barcha fuqarolarni yana bir bor ogohlantirib, karantin qoidalariga qat`iy amal qilishga chorlaydi.
Infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida barchamiz salomatlik xavfsizligi masalasiga jiddiy qarashimiz zarur va shart. O`zingizni va yaqinlaringizni asrang. Belgilangan karantin qoidalariga amal qiling", deyiladi rasmiy xabarda.






