1

Samarqandda erkak farzandini ko`rsatmagani uchun sobiq qaynonasini o`roq bilan shavqatsizlarcha o`ldirdi

Jinoyat 20.04.2021, 08:36
Samarqandda erkak farzandini ko`rsatmagani uchun sobiq qaynonasini o`roq bilan shavqatsizlarcha o`ldirdi

Samarqand viloyatida sobiq er-xotinning janjali ayolning o`limi bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat prkuraturasi xabar berdi. 

Aniqlanishicha, kecha, 19 aprel kuni Pastdarg`om tumanida yashovchi A.B. mast holatda sobiq turmush o`rtog`i Sh.R.ning Samarqand tumani, “Qaynama” MFYdagi uyga farzandini ko`rishga keladi. Qaynonasi A.G. uni farzandi bilan uchrashishga qarshilik qilganligi oqibatida o`rtada o`zaro janjal yuzaga keladi. Janjal davomida A.B. o`zi bilan olib kelgan o`roq bilan ayolning ko`krak va bel sohalariga qasddan urib, hayoti uchun xavfli bo`lgan tan jarohati etkazganligi oqibatida, u hodisa joyida vafot etgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, marhumaning o`limi ko`krak va bel sohasiga o`n ikki marotaba teshib o`tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o`tkir qon yo`qotishidan kelib chiqqan.  

Voqea joyiga viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat prokurori birinchi o`rinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanaev, tuman IIB boshlig`i A.Toshev hamda boshqa tezkor-tergov guruhi a`zolari chiqishgan.

Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u himoya huquqi ta`minlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda, jinoyat ishi bo`yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1