Toshkent – Xo`jakent yo`nalishida tezyurar elektropoezdlar harakati yo`lga qo`yilishiga puxta hozirlik ko`rilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ayni kunlarda "Toshkent MTU" UK yo`lsozlari ushbu jarayonga puxta hozirlik ko`rishmoqda.
17 aprel kuni Salar-Yalang`och stansiyalari oralig`ida, ya`ni 2 piketning 4-kilometridan 5-kilometrigacha bo`lgan masofadagi po`lat izlarni yangilash ishlari amalga oshirildi.
Mutaxassislarning so`zlariga ko`ra tezyurar elektropoezdlar harakati yo`lga qo`yilguniga qadar, ushbu yo`nalishda ta`mirga muhtoj bo`lgan po`lat izlar to`liq kapital ta`mirdan chiqariladi.






