1

Buxorolik qizni Oman Arab Respublikasiga qul qilib sotib yuborayotgan guruh Toshkent aeroportida qo`lga olindi

Jinoyat 20.04.2021, 11:44
Buxorolik qizni Oman Arab Respublikasiga qul qilib sotib yuborayotgan guruh Toshkent aeroportida qo`lga olindi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Buxoro viloyati, Jondor tumani, “Askarcha” qishlog`ida yashovchi, 2001 yilda tug`ilgan, turmushga chiqmagan, B.M. ismli qiz va uning jinoiy sherigi Jondor tumani “Zangi” mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan, A.F.lar, Oman Arab Respublikasidagi yana bir jinoiy sherigi 1988 yilda tug`ilgan R.M. ismli ayol bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Jondor tumani “Xo`jaxayron” mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan T.Sh. ismli qizning moddiy ahvoli og`irligidan foydalanib, uni Oman Arab Respublikasi “Muscat” shahrida ko`p pul topishga ishontirib, uni fohishalik qilish uchun yollab, jinoiy sherigi M.R. orqali, uning nomiga “Toshkent-Istanbul-Muscat” yo`nalishli aviachipta rasmiylashtirib, ushbu chipta, viza, chet elga chiqish pasporti uchun to`lovlarni o`zining hisobidan to`lash orqali uni moddiy jihatdan o`ziga qaram qilib, “Muscat” shahriga etib borganidan keyin xarajatlar uchun unga 5000 AQSh dollari ishlab berishi to`g`risida kelishib, “I.Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Oman Arab Respublikasining “Muscat” shahriga yuborayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan B.M. va A.F. larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 135-moddasi 2-qismi “g,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1