AsosiyJamiyat

Toshkentda 8 yoshli bola ustiga arg`imchoq ustuni qulab tushishi oqibatida vafot etdi

'Toshkentda 8 yoshli bola ustiga arg`imchoq ustuni qulab tushishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

Bu haqda marhum 2012 yilda tug`ilgan bolakay N.Sh.ning otasi ijtimoiy tarmoqlar orqali ma`lum qilgan. Unga ko`ra, hodisa 17 aprel kuni bolalar o`yin maydonchasini obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan 1, 2 va 3-uylar hovlisidagi Vodnik-1 dahasida sodir bo`lgan.  

Obodonlashtirish xizmati xodimlari maydonni tegishli me`yorlar asosida to`smaganligi va buning oqibatida 8 yoshli bolaning ustiga arg`imchoq ustuni qulab,  voqea joyida vafot etgani aytilmoqda.

Toshkent shahar IIB matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismining «a» bandi (tog`-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o`lishiga olib kelsa) bilan jinoiy ish ochilgan.

Holat yuzasidan bir qator ekspertizalar tayinlangan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar