AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Nukus filiali tashkil etiladi

'Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Nukus filiali tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Nukus filiali tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirlgi akademiyasining Nukus filiali o`quv jarayoni bakalavriat bo`yicha kunduzgi ta`lim shaklida 2022/2023 o`quv yilidan boshlanadi.

Filialda ta`lim olgan bitiruvchilarga Akademiya bitiruvchilari bilan bir xil diplom beriladi. Filialda o`qish uchun nomzodlar dastlabki bosqichda Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi shaxslar orasidan tanlab olinadi.

Shuningdek, filialga o`qishga qabul qilish kvotasi Akademiyaga umumiy qabul kvotasi doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda belgilanadi.

Boshqa yangiliklar