1

“Uzbekistan Airways” xorijning 9 ta yirik shaharlariga qatnovlarni to`xtatishi ma`lum bo`ldi

Jamiyat 20.04.2021, 16:06
Teglar: “Uzbekistan Airways”
“Uzbekistan Airways” xorijning 9 ta yirik shaharlariga qatnovlarni to`xtatishi ma`lum bo`ldi

«Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» kompaniyasi Shavkat Mirziyoevga aviasiya samaradorligini oshirish rejalarini taqdim etdi.

Loyihada «Uzbekistan Airways» xarajatlarini 46,5 million dollarga qisqartirish, aviasiya daromadini yiliga 40 million dollarga oshirish maqsadida quyidagi rejalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:

- Aviakompaniya va uning tarkibiy bo`linmalarida ish o`rinlarini 20 foizga qisqartirish;

- Parij, Rim, Amritsar, Mumbay, Milan, Tokio, Bangkok, Jakarta, Kuala-Lumpur va Rossiyadagi 11 ta samarasiz vakolatxonlarni yopish orqali 12,3 million dollar tejash;

- Foydalanilmayotgan 12 ta 380 ming dollarlik samolyotni sotish hamda 4 ta A-320 samolyotida arzon aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish;

- Aviachiptalarni xorijda sotish bo`yicha agentlar komissiyasini 9 foizdan 5 foizga tushirish va 6 ta bosh agentlar bilan shartnomalarni bekor qilish;

- Rossiya, Qozog`iston, Hindiston, Pokiston, Isroil va AQShdagi aviachiptalarni sotish agentligi bilan shartnomani to`xtatish.

Shuningdek, aviakompaniya mahalliy aviaqatnovlarni haftasiga 17 tadan 49 taga ko`paytirishni rejalashtirgan.

Sharhlar

“Uzbekistan Airways” Nyu-York'ka parvozlar soni oshganini ma`lum qildi

29.06.2021, 17:26

Joriy yilning 3 avgustidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ  Axborot...
“Uzbekistan Airways” Yaponiyaga parvozlarni to`xtatdi

11.05.2021, 18:10

O`zbekistonda xorijiy davlatlardagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib, koronavirus infeksiyasining oldini olish bo`yicha choralar ko`rilmoqda. Maxsus respublika komissiyasining qarori bilan "O`zbekiston havo yo`llari" ushbu mamlakatda sanitariya-epidemiologiya...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1