AsosiyJamiyat

Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi

'Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi'ning rasmi

«Jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» gi Prezident qarori (PQ–5077-son, 15.04.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi.

Qayd etilishicha, universitet quyidagilar uchun malakali kadrlar tayyorlaydi:

 - IIV va Milliy gvardiya uchun – jamoat tartibini, yo`l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish;

 - Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun – harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo`mondonlik-taktik faoliyat sohasida;

- qo`riqlash tuzilmalariga ega organlar uchun – qo`riqlash sohasining barcha yo`nalishlarida.

2021/2022 o`quv yilidan Universitetda bakalavriat va magistratura tizimi joriy etiladi.

Qabul kvotasi bakalavriatga 300 tagacha kursantlarni, sirtqi ta`lim uchun 100 nafargacha tinglovchini tashkil etadi.

Boshqa yangiliklar