AsosiyJamiyat

Samarqandda yana 5 ta maktab karantinga yopildi

'Samarqandda yana 5 ta maktab karantinga yopildi'ning rasmi

Samarqandda 5 ta, ya`ni 5, 21, 24, 30 va 63-maktabda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar aniqlangani bois ushbu maktablarda ham masofaviy o`qish tizimiga o`tildi.  Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lumot uchun, bugundan boshlab Samarqand shahridagi 31 ta maktabda bolalarga ta`lim berish tizimi onlayn tartibda olib borilyapti. O`quv jarayoni masofaviy shaklga o`tkazilgan har bir maktabda 14 kundan so`ng, ya`ni o`qituvchi va o`quvchilardan olinadigan tibbiy test natijalariga qarab an`anaviy o`qish boshlanishi ko`zda tutilgan.

Eslatib o`tamiz, kecha Samarqand viloyatining bitta tumanida 15 ta maktab karantinga olingan edi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar