“Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi .
Qonunga ko`ra, normativ-huquqiy hujjat (NHH) umummajburiy davlat ko`rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o`zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
Fuqarolar ham referendum yo`li bilan NHH qabul qilishi mumkin.
Qonun bilan nizomlar, yo`riqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar va boshqa hujjatlarga alohida ta`rif berildi.
️NHH loyihalari huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o`tkazilishi shart.
NHH loyihalari manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan quyidagi muddatlarda kelishiladi:
- qonun hujjatlari loyihalari – 7 ish kunida;
- Prezident farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari loyihalari – 3 ish kuni ichida;
- vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning hujjatlari loyihalari – 5 ish kuni ichida;
- mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalari – 3 ish kuni ichida.
Mazkur muddatlarni buzgan rahbarlar ijro intizomi doirasida javobgar bo`ladi.
NHH samaradorligini, uning vaqtincha amal qilishini muayyan hududda va shaxslar doirasi bo`yicha cheklangan holda huquqiy eksperiment doirasida o`rganish mumkin.