Farg`ona viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha kotibiyat mudiri vazifasini bajaruvchi bo`lib ishlab kelgan Jumanov Jahongir Sabitalievich Furqat tumaniga yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Bugun bo`lib o`tgan xalq deputatlari tuman kengashining sessiyasida viloyat hokimining tegishli qarori muhokamaga qo`yildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan ma`qullandi.
Jumanov Jahongir 1982 yilda Farg`ona tumanida tug`ilgan. Farg`ona politexnika institutining tarmoqlar iqtisodiyoti bo`yicha magistraturasini tamomlagan.
Ko`p yillar viloyat moliya tizimida va viloyat hokimligida turli mas`ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2019-2021 yillarda Oltiariq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan.






