AsosiyJamiyat

Surxondaryoda savdogarlar pattachini toshbo`ron qilishdi

'Surxondaryoda savdogarlar pattachini toshbo`ron qilishdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanida savdogarlar ularni haqorat qilgan pattachilarni toshbo`ron qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan o`rganish ishlari olib borilganini ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, holat Sho`rchi tumani Bobotog` mahallasi hududida joylashgan «Sho`rchi-Shakarko`l» MChJga qarashli «Gipermarket» binosi hududida sodir bo`lgan. Qurilish-montaj ishlari olib borilishi natijasida chiqqan ortiqcha tuproqlarni qurilish maydoni atrofiga tashib chiqarish vaqtida bozor hududida savdo faoliyatini olib borayotgan fuqarolarning savdo qilish yo`lagi vaqtincha to`sib qo`yilgani sababli «Sho`rchi-Shakarko`l» MChJ nazoratchisi A.A. bilan ushbu joyda savdo faoliyatini olib borayotgan T.S. va boshqalar og`zaki tortishib, janjallashib qolgan. Janjal vaqtida T.S. va boshqalar nazoratchi A.A.ni shu erda turgan g`isht bo`laklari bilan urib tan jarohati etkazgan.

Sud tibbiy-ekspertiza xulosasiga ko`ra, A. A. ning olgan tan jarohatlari og`irlik darajasi «engil tan jarohatlari» deb baholangan. Mazkur holat yuzasidan Sho`rchi tumani ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan 2021 yil 19 aprel kuni T.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishining tergovi prokuror nazoratiga olingan.


 

    Boshqa yangiliklar