Ro`za tutganda basseynga borib, suzsa bo`ladimi? Ro`zasi ochilib ketmaydimi? Ushbu savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati javob berdi.
- Bismillahir Rohmanir Rohim.
Bu masalada ulamolar ixtilof qilishgan. Mazhabimiz ulamolari suvga tushib, qornida uni suvuqligini his qilsa ham ro`zasi ochilmasligini aytishgan. Hanafiy ulamolardan Alloma Ibn Nujaym: “Kishi suvga tushganda orqa yo`ldan suv kirmasligi”ni ta`kidlaganlar.
Lekin ibodatda ehtiyotini olish darkor. Chunki xovuzda cho`milganda burun, og`iz yoki quloqdan suv kirishi ehtimoli katta. Vallohu a`lam.






