O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 aprel kuni «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida"gi farmonni imzoladi. Hujjat O`zAda e`lon qilindi.
Unga ko`ra, 9 may Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 76 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so`m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda karantin qoidalariga rioya qilgan holda Vatan ozodligi va shon-sharafi himoyachilariga bag`ishlangan maxsus uchrashuvlar va madaniy-ma`rifiy kechalarni o`tkazish topshirildi.






