AsosiyJamiyat

Fransiyalik talaba G`ijduvon kulolchilik sirlarini o`rganmoqda

'Fransiyalik talaba G`ijduvon kulolchilik sirlarini o`rganmoqda'ning rasmi

O`zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi Fransiyaning A.S.I.E xalqaro jamg`armasi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyiha dasturi bo`yicha Fransiya Oliy hunarmarmandchilik maktabining kulolchilik ixtisosi bo`yicha V bosqich talabasi Emma Frelat Anna Buxoroda kasb mahoratini oshirmoqda. Bu haqda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti ma`lum qildi.

Dastur rejasi bo`yicha talaba ikki oy davomida Rishton va G`ijduvon kulolchilik maktablarida bo`lib, kulolchilik sirlarini o`zlashtirishi ko`zda tutilgan edi.

Emma ayni kunlarda Abdullo Narzullaevning kulolchilik ustaxonasida G`ijduvon kulolchilik maktabi an`analari bilan tanishib, kasb sirlarini o`zlashtirmoqda.

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamentida O`zbekiston kulolchilik maktablari bilan yaqindan tanishish maqsadida kelgan fransiyalik Emma Frelat Annaga departamentning Fransiyadagi jamoatchilik asosida vakili vakolati berilganligini tasdiqlovchi sertifikatni topshirildi.

–Menga bildirilgan ishonchdan juda ham hursandman. O`zbekistonning milliy hunarmandchilik san`ati butun dunyo uchun qiziq. O`zbek xalqining mehmondo`stligi, kulollarning mahorati, usta- shogird munosabatlari menda katta taassurot qoldirdi,– deydi Emma.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar