1

“Chilonzor dehqon bozori”dagi sotuvchiga tan jarohati etkazgan mutaxassisga sud hukmi o`qildi

Jinoyat 21.04.2021, 12:56
“Chilonzor dehqon bozori”dagi sotuvchiga tan jarohati etkazgan mutaxassisga sud hukmi o`qildi

Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor dehqon bozori”da ushbu bozorning xavfsizlik bo`yicha mutaxassisi – 26 yoshli yigit bozorda ishlaydigan sotuvchiga bozor ma`muriyati tomonidan o`rnatilgan qoidaga asosan savdo qilishi haqida tanbex beradi. Shu sabab ularning o`rtasida o`zaro janjal kelib chiqadi. Xavfsizlik bo`yicha mutaxassis sotuvchi tanasining turli joylariga urib tan jaroxati etkazadi. Bu haqda jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudi sudyasi Ja`far Qurbonov xabar qildi...

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra...

Jabrlanuvchi – sotuvchida bosh miya yopiq jaroxati, bosh miya chayqalishi, chap yanoq suyagi yoyi yopiq siljib sinishi, chap gaymar bo`shlig`i old va ichki devorlari yopiq sinishi, chap yanoq soxasida qontalash, bel soxasi yumshoq to`qimalari lat eyishi kabi jaroxatlari bo`lgan. Ushbu jaroxatlar og`irlik darajasiga ko`ra, o`rtacha og`ir tan jaroxatlari toifasiga kirishi aniqlangan.

“QILGAN IShIMDAN PUShAYMONMAN”

Sudda sudlanuvchi – xavfsizlik bo`yicha mutaxassis aybiga qisman iqror bo`ldi...

— Bozorga kelib, xizmat vazifamni o`tayotganimda sotuvchi – jabrlanuvchi o`ziga tegishli bo`lgan rastadan tashqarida bir qop kartoshkani erga ko`yib sotib o`tirganini ko`rdim. Uning oldiga borib xizmat vazifamdan kelib chiqib, bozor ma`muriyati tomonidan o`rnatilgan qoidalarga asosan savdo qilishni aytdim. Shunda sotuvchi shaxsiyatimga tegadigan har xil so`zlar bilan haqarot qildi. Bundan jaxlim chiqib, sotuvchini yuz qismiga bir marotaba qo`lim bilan urdim. So`ng u orqasiga qayrilib, rastalar tomonga karab yugurdi. Pichoq olishi mumkin, deb o`ylab undan oldin rastaga yugurib borib, pichoqni olib qo`ydim. Sotuvchi menga qarata tosh otmoqchi bo`ldi. Shunda atrofdagi fuqarolar bizlarni ajratib yuborishdi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Sotuvchidan uzr so`rayman, lekin jabrlanuvchiga etkazilgan zararni qoplash imkonim yo`q...

Sudlanuvchi aybiga qisman iqror bo`lgan bo`lsa-da, uning aybi jinoyat ishida to`plangan va sud majlisida aniqlangan dalillar bilan isbotlandi.

 

“PIChOQ BILAN MENGA TAShLANDI”

Sudda jabrlanuvchi quyidagilarni bayon qildi...

— “Chilonzor dehqon bozori”da yakka tartibdagi tadbirkor sifatida savdo qilaman. Tongda bozorga kartoshkani olib kelib, o`z rastamda sotish uchun erga tushirdim. Biroq yonimdagi sotuvchilar yo`limni to`sib qo`yganm sabab, bir qop kartoshkani erga qo`yib sotmoqchi bo`ldim. Shu vaqtda bozor xafsizlik xodimi yonimga kelib, erdan kartoshkalarni olishimni aytdi. Kartoshkani sotish uchun yo`limni ochib qo`yishni nazoratga olishini aytdim. So`ng u menga nima sababdan uni haqorat qilayotganimni so`radi. Haqorat qilmaganimni aytganimni bilaman, yuzimga qo`li bilan urdi va qo`lidagi pichoq bilan menga tashlandi. Tarozi bilan o`zimni himoya qildim. Shundan so`ng IIB xodimlari etib kelishdi. Sog`ligimni tiklash uchun 4.000.000 so`m sarfladim. Ushbu zararni qoplab bersa, unga nisbatan da`vom yo`q.

Sudlanuvchi JK 105-moddasining 1-qismi bilan oylik ish haqining 10 foizi miqdori davlat daromadi hisobiga ushlangani holda, 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Jabrlanuvchiga etkazilgan moddiy va ma`naviy zararni undirish masalasida fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudiga murojaat qilishi mukinligi tushuntirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1