1

Toshkentda noma`lum shaxslar fuqaroning telefoni va pullarini "ochiqchasiga" to`nadi

Jinoyat 21.04.2021, 19:00
Toshkentda noma`lum shaxslar fuqaroning telefoni va pullarini "ochiqchasiga" to`nadi

18 aprel kuni  noma`lum shaxslar Toshkent shahri Chilonzor tumanida ochiqdan-ochiq talonchilik jinoyatini sodir etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, shu kuni soat 04:30larda Qatortol ko`chasida joylashgan “Qatortol savdo markazi” qarshisida turgan 28 yoshli M.Ulug`bekning yoniga notanish kishilar kelib, go`yoki gaplashib olish uchun deb «Iphone 7» rusumli telefon apparatini so`rab olgan. 

Shundan so`ng, ushbu telefon apparati va g`ilofining ichida bo`lgan 500 AQSh dollar pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, “Nexia-3” rusumli avtomashinaga o`tirib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni  19 yoshli F.Husniddin, voyaga etmagan 17 yoshli B.Ziyomuhammad va J.Jahongirlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan M.Ulug`bekka tegishli telefon apparat ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan F.Husniddin, B.Ziyomuhammad va J.Jahongirlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari davomida, jabrlanuvchiga etkazilgan 500 AQSh dollar miqdoridagi moddiy zarar qaytarilgan. 

Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda.   

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko`ra 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1