AsosiyDunyo

Rossiya IIV mehnat migrantlariga murojaat qildi

'Rossiya IIV mehnat migrantlariga murojaat qildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabariga ko`ra, Rossiya Federasiyasi IIV murojaatida mamlakat hududida qonuniy ravishda bo`lgan har bir kishi erkin harakatlanish va yashash joyini tanlash huquqiga egaligi ta`kidlangan.

Shuningdek, vazirlik koronavirus infeksiyasi tarqalishi sharoitida chet el fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish va xavfsizligini ta`minlash uchun barcha zarur choralarni ko`rmoqda.

Rossiya iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarida mehnat resurslari etishmasligini inobatga olib, Rossiyada qolgan chet el fuqarolarini qurilish, uy-joy kommunal va qishloq xo`jaligi sohalariga qonuniy ishga jalb qilish yoki ularning o`z vatanlariga qaytish imkoniyatlari ta`minlanmoqda.

Rossiya Federasiyasi Prezidentining 2020 yil 18 apreldagi “Rossiya Federasiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish bo`yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to`g`risida”gi 274-sonli farmoni (http://kremlin.ru/events/president/news/63216)ga asosan migrasiya qonunchiligida belgilangan yashash tartibini buzgan holda mamlakat hududida bo`lib turgan shaxslarga, bunday holatda nazarda tutilgan sanksiyalarni qo`llamasdan, o`zlarining huquqiy maqomlarini tartibga solish imkoniyati berilgan.

Shu munosabat bilan, Rossiya Federasiyasi hududida bo`lish uchun hech qanday qonuniy asosga ega bo`lmagan shaxslarga Rossiya IIVning ular bo`lib turgan joylardagi hududiy organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ushbu fuqarolar va ularning oila a`zolariga nisbatan vaqtincha yashash muddatini uzaytirish, yashash joyida ro`yxatdan o`tish to`g`risida qaror qabul qilinadi va tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.

Mavzuga doir:

O`zbekiston Rossiyadagi migrantlarni olib kelish uchun poezd qatnovini yo`lga qo`yadi

"Pasportlar tortib olingan, maosh yo`q..." Rossiyaning “ANTEK” kompaniyasida ishlayotgan o`zbekistonliklar haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Mas`ullar holatni o`rgandi

    Boshqa yangiliklar