1

Navoiyda ayol "yigiti"dan qasd olish maqsadida benikoh tug`ilgan o`z qizini mutassil turli yo`llar bilan qiynab kelgan

Jinoyat 22.04.2021, 14:16
Navoiyda ayol "yigiti"dan qasd olish maqsadida benikoh tug`ilgan o`z qizini mutassil turli yo`llar bilan qiynab kelgan

Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha Konimex tuman sudi raisi F.Qahorov ma`lum qildi.

Konimexlik Q.Q o`zining 2014 yildatug`ilgan qizi Q.Sni ojizligini bila turib, tanasining turli qismlariga qo`llari va o`tmas jismlar bilan urib, muttasil do`pposlagan va hovlisiga qamab, turli yo`llar bilan qiynagan. Ona nomiga nomunosib Q.Q o`z qiziga qilgan xo`rliklarining sababini tashlab ketgan "yigiti"dan qasd olish maqsadida qilgani bilan izohlagan. 

 Ayol 2014 yil yanvar oyining boshlarida Navoiy shahrida joylashgan pilla zavodida ishlab yurgan vaqtida, “Farxod” ismli bola bilan tanishib qoladi. Yigit bilan o`zining xohishiga ko`ra jinsiy aloqada bo`lib, undan homilador bo`ladi. Ammo homiladorligini bila turib, “Farxod” uni tashlab ketadi. Buning jabrini  esa begunoh bir gudak tortadi.

Tibbiy xulosalarga ko`pa, voyaga etmagan Q.Sda bosh miya chayqalishi, burun suyagining sinishi, bosh ensa, yuz, lunj, ikkala elka, kaft sohalaridagi shilinma kabi jarohatlari bilan sog`liqni buzilishiga olib kelgan tan jarohati etkazganligi aniqlangan. Uning onasi Q.Qga nisbatan Jinoyat kodeksi 110-moddasi 2-qismining “a,v” bandlari bilan 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1