AsosiyJamiyat

"Nima Abdurahmonov atrofida kimlar yurganini bilmaydimi?" Prezident Andijon hokimligidagi holatni tanqid qildi

'"Nima Abdurahmonov atrofida kimlar yurganini bilmaydimi?" Prezident Andijon hokimligidagi holatni tanqid qildi'ning rasmi

Prezident videoselektorida korrupsiya, bu illatga berilgan rahbarlar haqida so`z yuritildi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri. Viloyatlarda tibbiyot, ta`lim, qurilish, maktabgacha ta`lim sohalarida katta korrupsiya holatlari aniqlanayotgani tanqid qilindi. 

«Mana Samarqand viloyati hokimi o`zi gapirib bersin pastda bo`g`inda, maktabgacha ta`limda, tibbiyotda qancha poraxo`rlar borligini.

Mana Andijonda viloyat hokimligining bitta noinsofi 128 ming dollar olyapti, 30 ming dollar olyapti. Nima Abdurahmonov, xizmatning rahbari bilmaydimi, prokurori bilmaydimi? Abdurahmonov atrofida kim yurganini sezmaydimi? Bitta odamni norozi qilib 5 dollar olgan bo`lsa ham prezidentning siyosatiga xiyonat!», dedi Mirziyoev.

Mavzuga doir:

"O`zim birma-bir ko`rib chiqdim". Prezident hokimlarning belgilab olgan marralaridan qoniqmayotganini ma`lum qildi

    Boshqa yangiliklar