AsosiyJinoyat

Buxoroda yigit sevgan qizini qaytarish uchun "folbin"ga 3 000 dollar berdi. Natija...

'Buxoroda yigit sevgan qizini qaytarish uchun "folbin"ga 3 000 dollar berdi. Natija...'ning rasmi

2021 yilning mart oyida 32 yoshli X.Sitora o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, Buxoro shahar A.Jomiy ko`chasida joylashgan yashash xonadonida 31 yoshli T.Shavkatga o`zini “folbin” deb tanishtirib, uning sevgan qizini “issiq-sovuq” orqali qaytarib berishga va`da qilib, jami 3 000 AQSh dollar pullarini aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan X.Sitoraga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya`ni ancha miqdorda aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing mulkini yoki o`zganing mulkiga bo`lgan huquqni qo`lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari davomida, X.Sitoraning boshqa jinoyatga aloqadorliklari tekshirilib, huquqiy baho berilishi ta`minlanadi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar