AsosiyJinoyat

Pastdarg`om tumanida “Tez tibbiy yordam”ga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan hamshira 600 dollar bilan qo`lga olindi

'Pastdarg`om tumanida  “Tez tibbiy yordam”ga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan hamshira 600 dollar bilan qo`lga olindi'ning rasmi

2021 yilning 21 aprel kuni Pastdarg`om tuman tibbiyot birlashmasida hamshira bo`lib ishlovchi 33 yoshli U.Muhayyo o`zining xizmat mavqeidan foydalangan holda, tanishi 38 yoshli S.Shahnozani “Tez tibbiy yordam”ga ishga kiritib qo`yishni va`da qilib, ish joyida S.Shahnozadan 600 AQSh dollar pul mablag`larini olayotgan vaqtida JQB va DXX xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

Tadbir davomida, U.Muhayyodan kimyoviy ishlov berilgan 600 AQSh dollar pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg`om tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan U.Muhayyoga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik, ya`ni xizmat mavqeidan foydalanib o`zganing mulkini qo`lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar