2021 yil 1 aprel holatiga ko`ra, pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3,9 mln. nafarga etdi. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktori Abdulaziz Haydarov ma`lum qildi
️Qayd etilishicha, nafaqa va pensiya oluvchilar umumiy aholi sonidagi ulushi 11,2 foizni tashkil qilgan. Shundan, 3,5 mln. nafarga yaqini pensiya va 400 ming nafardan ortig`i nafaqa oluvchilar.
Yilning 1-choragida 86 535 nafar fuqarolarga pensiya va nafaqalar tayinlandi. Shuningdek, 4 892 nafardan ortiq fuqarolarning pensiya ishlarini tekshirish natijasida aniqlangan 12,0 mlrd. so`mlik ortiqcha to`lovlar hisobdan chiqarildi.