Avvalroq, ishtixonlik bokschi Nigina O`ktamova jahon chempionligiga erishgan ilk o`zbek qizi bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva bokschi qiz haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.
"Har bir bu kabi g`alaba — teng imkoniyatlar uchun kurash o`z natijasini berayotganiini ko`rsatadi. Meni bir daqiqa ham to`xtamasdan harakat qilishga undaydi. Sizning muvaffaqiyatingiz — mamlakat sharafi.
Rahmat, Niginaxon, qoliplarni engib o`tib, ulardan ustun kelayotganingiz uchun ham rahmat. Siz namunasiz, boshqalar ortingizdan ergashishi uchun haqiqiy o`rnaksiz.
Men esa bor imkoniyatimni ishga solib, sizni har doim qo`llab-quvvatlashga harakat qilaman",–degan Saida Mirziyoeva.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Nigina O`ktamovaga "Nexia 3" avtomobili sovg`a qilingan edi.