1

Bo`stonliq tumanida savdoga qo`yilgan erlar haqida bilasizmi? (foto)

Jamiyat 04.05.2021, 12:59
Teglar: Bo`stonliq, Turizm va sport vazirligi
Bo`stonliq tumanida savdoga qo`yilgan erlar haqida bilasizmi? (foto)

Turizm va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Chorvoq” erkin sayyohlik zonasi va Bo`stonliq tumani hokimligi tomonidan turizm loyihalarini amalga oshirish uchun taklif qilingan va respublikamizning sayyohlik yo`nalishlarida yuqori imkoniyatlarga ega obektlar bo`yicha Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanidainfotur tashkil etildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri Karim Zaripov xabar bermoqda.

Infotur doirasida tadbirkorlar va OAV vakillari Chorvoq suv ombori bo`ylab tog`li hududlar hamda qirg`oqdan unchalik uzoq bo`lmagan joyda joylashgan 12 ta dam olish maskani bilan yaqindan tanishtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 560-sonli qarori bilan “Bo`stonliq tumanidagi bo`sh, foydalanilmayotgan va samarasiz foydalanilgan obektlardan va er uchastkalaridan samarali foydalanish, ularni turizm va servis infratuzilmasi asosida tashkil etish chora-tadbirlari” ishlab chiqilgan. Shuningdek, qaror bilan 26 ta yirik dam olish zonasi va 35 ta bo`sh turgan davlat obekti realizasiyaga taklif etiladi.

•  Jumladan, foydali va mevali o`simliklarga boy, suv havzasiga ega, er maydoni jihatidan 5.92 gektar bo`lgan “Soyliq” oromgohi 14 214 783 600 so`m boshlang`ich narxda, 3 yulduzli toifadagi 100 xonali mexmonxona qurish sharti bilan “E-IJRO AUSION” yagona elektron savdo maydonchasida №0527536 lot raqami ostida ausionga chiqarildi;

•  Ekzotik va shaffof tabiat qo`ynida, hatto oqar suv yon bag`rida joylashgan, umumiy er maydoni 2,40 gektar bo`lgan “Lingvist” sport sog`lomlashtirish oromgohi 3 053 538 800 so`m boshlang`ich narxda, 3 yulduzli toifadagi 50 xonali mexmonxona qurish sharti bilan “E-IJRO AUSION” yagona elektron savdo maydonchasida №0527533 lot raqami ostida ausionga chiqarildi;

•  Chorvoq suv omboriga yaqin, go`zal manzaraga ega, hamda joylashuvi jihatidan juda qulay, er maydoni 0,80 gektar bo`lgan sobiq tayanch punkti binosi va uning atrofidagi hududlar 1 440 100 000 so`m boshlang`ich narxda, 3 yulduzli toifadagi 50 xonali mexmonxona qurish shartlari bilan “E-IJRO AUSION” yagona elektron savdo maydonchasida №0528419 lot raqami ostida ausionga chiqarildi.

“Ekonomist dam olish zonasi, “Chotqol” sanatoriysi binolari va inshootlari, sobiq tayanch punkti va unga tutash hudud, “Lingvistlar” sport-sog`lomlashtirish oromgohi, “Soyliq” dam olish zonasi, “Institut” rangli lager metallar, “Gidroenergetik” sport-sog`lomlashtirish oromgohi, Tibbiyot akademiyasining sobiq qarorgohi, “Zumrad servis” MChJ, binolar va inshootlar va er uchastkalari G`azalkent Suvoqova, “Geoburtexnika” DATK dam olish maskani kabi har xil o`lchamdagi foydalanilmayotgan eski binolarda tadbirkorlar mehmonxona majmualarini yaratish bilan bir qatorda zamonaviy va keng ko`lamli turistik ko`ngilochar xizmatlarni yo`lga qo`yishiga umid bildiramiz”, - dedi Chorvoq erkin turistik zonasi direksiyasi rahbari o`rinbosari Otabek Babamuradov.

Barcha obektlar ommaviy kimoshdi savdosi orqali realizasiya qilinib, ularning aksariyati “E-Ijro ausion” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi, shu bois infotur doirasida mas`ul mutaxassislar barcha - kimoshdi savdosida qatnashishdan tortib to ko`chmas mulk hujjatlarini rasmiylashtirishga doir savollargacha batafsil javob berildi. 

Eslatib o`tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentyabrdagi 560-sonli qarori bilan “Bo`stonliq tumanidagi bo`sh, foydalanilmayotgan va samarasiz foydalanilgan obektlardan va er uchastkalaridan samarali foydalanish, ularni turizm va servis infratuzilmasi asosida tashkil etish chora-tadbirlari” ishlab chiqilgan edi. Shuningdek, qaror bilan 26 ta yirik dam olish zonasi va 35 ta bo`sh turgan davlat obekti realizasiyaga taklif etiladi.

Karim ZARIPOV

Sharhlar

Bo`stonliqdagi “Nanay” ko`prigi yopildi

08.09.2022, 10:58

Bo`stonliq tumani “Nanay” MFYga olib boruvchi ko`prik ta`mirlash ishlari sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, “Chorbog` suv ombori halqa yo`li”ning...
Toshkent viloyatiga ko`chgan Finlyandiya: "kraska", sement va hatto mix ishlatilmagan ekokottejlar...

20.05.2022, 17:01

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani Chimboylik qishlog`ida (Oqtosh) yangi yangi dam olish maskanining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi bilan hamkorlikda...
Yaponiya “Ipak Yo`li madaniy merosini raqamli arxivlar orqali saqlash” loyihasi uchun sarmoya ajratadi

24.01.2022, 20:00

Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori Shahriyor Nurulloev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O`zbekistondagi vakolatxonasi direktorining birinchi o`rinbosari Yoshimasa Takemura vakillari bilan...
O`zbekistonda ichki sayohatlar uchun chegirmalar berildi

30.12.2021, 20:06

Turizm va sport vazirligi tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan 2021-yil 31-dekabr va 2022-yil 1-2-3-4-yanvar kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1