AsosiyJinoyat

Samarqandda ayollarni fohishalikka majburlagan jinoy guruh qo`lga olindi. Tutqinlikdagi qizlar orasida 18 yoshga to`lmaganlari ham bor (video)

'Samarqandda ayollarni fohishalikka majburlagan jinoy guruh qo`lga olindi.  Tutqinlikdagi qizlar orasida 18 yoshga to`lmaganlari ham bor (video)'ning rasmi

Samarqandda bir nechta ayollarni fohishalik qilishga majbur qilgan va ana shu jirkanch ish orqali moddiy boylik orttirmoqchi bo`lgan jinoiy guruh qo`lga olindi. 

Jinoiy guruh tarkibida 6 ayol va 1 erkak bo`lgan. Ular puxta reja asosida jinoyatlarini amalga oshirishgan. 

Samarqand shaharidagi beshta uy ularning jinoiy rejasini amalga oshiradigan maskan vazifasini o`tagan. Bu uylarda respublikaning turli viloyatlaridan kelgan  qizlarni fohishalik bilan shug`ullanishlari uchun ushlab turishgan. Qizlar orasidagi 18 yoshga to`lmaganlari ham fohishalik qilib pul topishga majburlangan. 

Asiralarning aytishicha, bir kunda 10-15 nafar "mijoz"ni ko`ngilini olishga majbur qilingan.  Qizlarning har birining kunlik "kassa"si 200 mingdan 500 ming so`mgacha etib belgilangan. Pul ishlolmagan qizlar urib-kaltaklangan. Ularning pasportlari olib qo`yilgan. Jinoiy guruh a`zolari qizlarga hamma joyda tanish-bilishlari borligini aytib qo`rqitishgan.

Tutqinlikdagi qizlar 2018 yilning avgust oyidan 2020 yilning oktyabriga qadar majburan ushlab turilgan. 

Ayni paytda jinoiy guruh a`zolari sud hukmi bilan qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar