Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda "Toyloq tumanida MIB va IIB xodimlari odamlarni uylarini buzishayapti" sarlavhasi ostida videolavha e`lon qilingandi.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasining ma`lum qilishicha, fuqarolik ishlari bo`yicha Toyloq tumanlararo sudining 24.12.2020 yildagi Toyloq tuman hokimligining qarzdorlar J.Meliqulov tomonidan Toyloq tuman O`zbekiston mahallasida joylashgan o`zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan, umumiy qurilish osti 730 kv.metr hajmdagi qurilish, poydevor, qurilishi tugatilmagan binoni qarzdor hisobidan buzish hamda 0.23 ga er maydonidan qarzdor tomonidan egallagan 0.14 ga er maydonini asl holatiga keltirilib qaytarish hamda qarzdor M.Raxmonova tomonidan Toyloq tuman O`zbekiston mahallasida joylashgan er maydonida o`zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan 9x6=54 kv.metrdan iborat er maydoni hamda 54 kv.metrdan iborat uy-joyni javobgar hisobidan buzish, er maydonini asl holatiga keltirish majburiyatini yuklatish to`g`risidagi ijro hujjatlari Byuroning Tayloq tuman bo`limi ijro ish yurituviga 18.01.2021 yilda kelib tushgan va 19.01.2021 yilda ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.
Ijro hujjatlari bo`yicha majburiy ijro harakatlari olib borish jaaryonida ijro hujjatida ko`rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun qarzdorlarga bir-necha marotaba ogohlantirish xatlari yuborilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisining 23.04.2021 yildagi talabnomasi bilan mazkur ijro hujjatining majburiy ijro harakatlari 24.04.2021 yilda tayinlangan bo`lib, ijro kuni IIB va kadastr xodimlari kelmaganligi hamda ishchi kuchi bo`lmaganligi sababli ijro harakatlarini amalga oshirish imkoni bo`lmagan va ijro harakatlari boshqa kunga qoldirilib ushbu to`g`risida davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Hozirgi kunda davlat ijrochisining 01.05.2021 yildagi talabnomasi bilan mazkur ijro hujjatlarining majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.
Ijro ishi yakuni bo`yicha yana qo`shimcha ma`lumotlar beriladi.