Oliy sud mutasaddilari ishtirokida AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida 2021 yil 1-choragida sudyalarga nisbatan qo`zg`atilgan intizomiy ish bo`yicha ma`lumot berdi:
️«Bugungi kunda tizimda 401 ta sud faoliyat yuritib kelmoqda. Shtat jadvali bo`yicha sudyalar soni 1 331 nafarni tashkil qilib, amalda ishlab turgan sudyalar soni 1 244 nafarni (93 %) tashkil qiladi. Vakant o`rinlar — 91 ta.
Sudyaning o`rtacha oylik ish xajmi tuman (shahar) miqyosida jinoyat ishlari bo`yicha sudlarda — 136 ta, fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarda — 141 ta, iqtisodiy sudlarda — 85 ta, ma`muriy sudlarda — 30 ta ishni tashkil qilgan.
Shuningdek, bu ko`rsatkich viloyat miqyosida jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atida — 13 ta, fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov hay`atida — 10 ta, iqtisodiy ishlar bo`yicha sudlov hay`atida — 8 ta, ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`atida — 5 ta ishni tashkil etgan.
2021 yil 1-choragi davomida 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy ish qo`zg`atilgan».