AsosiyJamiyat

Hazorasp tumanida to`rtta fermer xo`jaligi erlari egalariga qaytarib berildi

'Hazorasp tumanida to`rtta fermer xo`jaligi erlari egalariga qaytarib berildi'ning rasmi

Hazorasp tumanida «Sadoqat Sarvara» fermer xo`jaligi rahbari Q. Ganjaev, «Aziza Charosxon» fermer xo`jaligi rahbari D. Xusinov, «Sherzod Aminboy Alisher Azizbek» fermer xo`jaligi rahbari Sh. Saidnazarov, «Javoxir Moxinur Charos» fermer xo`jaligi rahbari A. Babaev so`rovnoma bilan hokimlikka «murojaat qilishgan» va shu asosda ularning erlari qaytib olinganligi aytiladi. Ammo aslida fermer xo`jaliklari rahbarlari erlarni qaytarish haqida hech qanday so`rovnoma yozishmagan va erdan mahrum qilinayotgani va faoliyati tugatib yuborilayotganidan bexabar bo`lishgan.

Fermer xo`jaliklari rahbarlari Hazorasp tuman IIBga va sudga murojaat qilishadi, ular Hazorasp tuman hokimligining erlarni zaxiraga qaytarib olish haqidagi qarorlarini haqiqiy emas deb topishadi. Ammo shunga qaramasdan 4ta fermer xo`jaligi erlari qaytarib berilmagan edi.

Maqola chop qilinganidan keyin Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitasi raisi B. Tajiev tomonidan o`rganilib, quyidagi fermer xo`jaliklarining er maydonlari tuman hokimining qaroriga asosan qaytarib berilgan.

Ma`lumot o`rnida, joriy yil 19 aprel kuni kun.uz saytida “Hazorasp hokimi sud qarorini mensimaydimi? Qalbaki hujjatlar asosida tortib olingan er fermerlarga qaytarilmayapti” nomli sarlavha bilan chiqqan maqolada 2020 yil yanvar oyida Hazorasp tumanidagi 4ta fermer xo`jaligi erlari tuman hokimligi zaxirasiga soxta hujjatlar asosida qaytarib olingani va ularning faoliyati tugatilgani qayd etilgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar