Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Fuqaro T.T. fuqaro N. va B.larning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga jo`natishga va`da berib, evaziga 1 750 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan T.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






