AsosiyJamiyat

“Bundan buyon xorijiy tillar o`qituvchilarining oylik maoshi, ularning malakasiga qarab belgilanadi” – Prezident

'“Bundan buyon xorijiy tillar o`qituvchilarining oylik maoshi, ularning malakasiga qarab belgilanadi” – Prezident'ning rasmi

Xozirda davom etayotgan videoselektor yig`ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev Xalqaro sertifikatning dastlabki va o`rta daraja olgan o`qituvchilarga – 40 foiz va yuqori natija ko`rsatganlarga 50 foiz ustama belgilanishini, bunda yuqori ball olgan o`qituvchilarga xalqaro sertifikat olish uchun test topshirish xarajatlari qoplab berilishini aytdi (bir kishiga o`rtacha 2 million so`m). Bu haqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda.

“Nurobod tajribasi”

Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 76 ta maktabdan 57 tasida ingliz, 14 tasida nemis va 5 tasida fransuz tili o`qitiladi. Tumandagi 28 ta (38 foiz) maktabda chet tilini o`qitish sifati eng past o`rinda. 175 nafar o`qituvchidan atigi 3 nafari sertifikatga ega, 26 ta o`qituvchi o`rni vakant.

Bu yil joriy qilingan imkoniyatlardan foydalanib, Buxoro viloyatidan ingliz tili o`qituvchilari Murodovlar oilasi Nurobod tumaniga ko`chib kelib, ish boshlagan (boshqa hududdan kelib ishlaganlik uchun 11 million so`m bir martalik to`lov berildi, ish haqiga 100 foiz ustama, yashash joyining ijara puli to`lanmoqda).

Nurobod tumani hokimi vaziyatni tahlil qilib, mahalliy byudjetning qo`shimcha daromadi hisobidan 20 ta maktabga 1 milliard so`m ajratish orqali, chet tillarini o`rgatish sifatini oshirish tashabbusi bilan chiqdi.

Bunday malakali o`qituvchilarga munosib sharoit yaratib berishni davom ettiramiz. Bundan buyon, xorijiy tillar o`qituvchilarining oylik maoshi, ularning malakasiga qarab belgilanadi”, - dedi davlat rahbari.

Ushbu maqsadlar uchun Moliya vazirligi tomonidan joriy yilda 50 milliard so`m ajratiladi.

Shuningdek...

Kelgusi yildan boshlab, yangidan ishga qabul qilinayotgan chet tili o`qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo`lish talabi kiritiladi. Ushbu ishlarga xususiy ta`lim tashkilotlarini ham faol jalb qilib, yuqori ball olgan o`qituvchilarga o`qish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimi yo`lga qo`yiladi.

Mavzuga doir:

Yana bir yangi agentlik tashkil etiladi

    Boshqa yangiliklar