AsosiyJamiyat

Toshkentda Rossiya fuqarosini 52 mln. so`mga “aldashdi”

'Toshkentda Rossiya fuqarosini 52 mln. so`mga “aldashdi”'ning rasmi

2021 yilning 25 aprel kuni Rossiya Federasiyasi fuqarosi 77 yoshli F.Rufina Yakkasaroy tumani bo`yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning iyun oyida tanishi 40 yoshli S.Alisher Toshkent shahar hokimiyati orqali uy sotib olishida yordam berishini va`da qilib, Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko`chasi 62 uy oldida 52 000 000 so`m pullarini aldov yo`li bilan qo`lga kiritib, bergan va`dasini bajarmaganligini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan S.Alisherga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o`ylab ko`ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo`ling",–deyiladi departament xabarida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar