Avvalroq, Asakalik 9 yoshli kizchani 16 joyidan pichoqlab o`ldirgani aytilgan 23 yoshli qo`shni ayol sudda oqlangani haqida xabar bergandik.
Ayblanuvchi o`z ko`rsatmasida IIB xodimlari unga ruhiy va jismoniy tazyiqlar o`tkazgani, qiynoqlarga chiday olmay 9 yoshli go`dakni o`ldirishdek mudhish jinoyatni bo`yniga olishga majbur bo`lganini aytgan. Ushbu ma`lumotlar yuzasidan IIB o`rganish-surishtiruv ishlarini boshlaganini ma`lum qildi:
Kun.uz internet saytida e`lon qilingan maqola yuzasidan
Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atining joriy yil 5 maydagi hukmida bayon etilgan, sudlanuvchi A. Hamdamovaning Andijon viloyati IIB xodimlari ruhiy va jismoniy tazyiqlar ostida so`roq qilishgani haqidagi ko`rsatmasi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi tomonidan o`rganilmoqda.
Vaziyatga to`liq, xolis huquqiy baho berilganidan so`ng, natijalari jamoatchilikka e`lon qilinadi.
IIV Axborot xizmati






