8 aprel kuni Termizning “Sahovat” mahallasida yashovchi, K.K. Termiz shahar bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga o`g`rilik yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
U o`z arizasida 2021 yil mart oyida, akasi A.A.ning yashash uyidan bir metri 150.000 (bir yuz ellik ming) so`mdan bo`lgan jami 120 (bir yuz yigirma) metr shveller temirlarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni, shu mahallada yashovchi, G`.S., K.J., M.A. va shaharning «Guliston» mahallasida yashovchi, X.S.lar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan.
10 aprel kuni G`.S., X.S., K.J. va M.A.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






