AsosiyJinoyat

Samarqandda uyini qimorxonaga aylantirgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Samarqandda uyini qimorxonaga aylantirgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Samarqand shahri Xo`ja Ahror Vali ko`chasida yashovchi, 1996 y.T. J.F., Samarqand shahar Ro`dakiy ko`chasidagi uylarning birini ijaraga olib, 4 nafar shaxslarga qimor o`yini uchun sharoit yaratib bergan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

2021 yil 04 may kuni Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 2-son IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida, ushbu shaxslar qimor o`yinini o`tkazayotgan vaqtida hodisa joyida ushlanib, hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar