AsosiyJinoyat

Toshkentda internet xizmatlari uchun to`langan to`lovlarni talon-toroj qilgan MChJ xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Toshkentda internet xizmatlari uchun to`langan to`lovlarni talon-toroj qilgan MChJ xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan “D.T.” MChJning murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.K. mazkur jamiyatda turli vazifalarda ishlab kelib, internet xizmatlari uchun iste`molchilar tomonidan amalga oshirilgan 95,3 mln so`m to`lovlarni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar