AsosiyJinoyat

Qassobga chuv tushganlar

'Qassobga chuv tushganlar'ning rasmi

2020 yil 02 aprel kuni jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sud majlisi o`z binosida bo`lib, sud majlisida fuqarolani chuv tushurgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko`ra, 1986 yilda to`g`ilgan Quchqorov Alisher (shaxsi o`zgartirilgan) aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing mulkini qo`lga kiritish maqsadida, 2020 yil 12 sentyabr kuni soat taxminan 17 larda o`ziga oldindan tanish bo`lgan, Xatirchi tumani, “Yangiqurilish” mahallasida yashovchi fuqaro M.Jalmatovani yashash uyida yirik shoxli qora mol boqib, sotish niyatida yurganini bilgani holda uyiga kelib, unga o`zini qora mol oldi-sotdisi bilan shug`ullanuvchi barqaror tadbirkor sifatida namoyon qilib, uning ishonchiga kirib, bir bosh ho`kizini jami 5.000.000 so`mga savdolashib, 2.000.000 so`m pullarni shu kunning o`zida berib, qolgan 3.000.000 so`m pullarini 7 kun muddat ichida olib kelib berishini va`da berib, firibgarlik yo`li bilan qora molini olib ketib, bozorda sotgach qolgan 3.000.000 so`m pullarni M.Jalmatovaga bermasdan, o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, M.Jalmatovaga 3.000.000 so`m moddiy zarar etkazgan.

Shuningdek, sudlanuvchi A.Tilavov o`zining jinoiy xatti-harakatlarini qasddan davom ettirib, takroran o`zganing mol-mulkini aldash yoki ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, o`ziga oldindan tanish bo`lgan, Xatirchi tumani “Fidokor” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro G.Parmonovani ikki bosh yirik shoxli mollarini jami 18.000.000 so`mga sotib olishga va pullarini bir oy ichida berishga va`da berib, firibgarlik yo`li bilan mollarini olib ketib, pullarni o`zining ehtiyojlariga ishlatib yuborib, G.Parmonovaga 
18.000.000 so`m moddiy zarar etkazgan.

Shuningdek sudlanuvchi A.Tilavov, o`zining jinoiy xatti-harakatlarini qasddan davom ettirib, takroran o`zganing mol-mulkini aldash yoki ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, “Suluvqo`rg`on” mahallasida yashovchi fuqaro M.Boynazarovani yashash uyida yirik shoxli qora mollarini jami 14.500.000 so`mga savdolashib, pullarini 3-4 kun ichida olib kelib berishini va`da berib, firibgarlik yo`li bilan olib ketib, qora mollarni bozorda sotib, pullarni o`zining ihtiyojlari uchun ishlatib yuborib, M.Boynazarovaning qistovlaridan so`ng unga 5.000.000 so`mini bo`lib-bo`lib berib, qolgan 9.500.000 so`mini bermasdan, M.Boynazarovaga jami 9.500.000 so`m moddiy zarar etkazgan.

Bundan tashqari sudlanuvchi A.Tilavov, o`zining jinoiy xatti-harakatlarini qasddan davom ettirib, takroran o`zganing mol-mulkini aldash yoki ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, Xatirchi tumani, “Navruz” mahallasida yashovchi F.Pirmatovni yirik shoxli mollarini jami 21.000.000 so`mga savdolashib, qolgan 
600.000 so`mini ham 10-15 kun ichida olib kelib qo`shib berishini va`da berib, 2 bosh yirik shoxli mollarini firibgarlik yo`li bilan olib ketib, ularni bozorda sotib, pullarini F.Pirmatovga bermasdan o`zining ihtiyojlari uchun ishlatib yuborib, F.Pirmatovga jami 21.600.000 so`m moddiy zarar etkazgan.

Sud, A.Quchqorovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to`liq iqrorligini, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchilarga etkazilgan zararlarni to`liq qoplaganligini, inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil 6 (olti) oy muddatga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlagnib, O`zbekiston Respublikasi JKning 62-moddasi tartibida oylik ish haqining 
20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda uzil-kesil 1 (bir) yil 
10 (o`n) oy axloq tuzatish ishi jazosi qoldirilib, sud zalidan ozod qilindi.

 

Habibulla Tuxtaev

Jinoyat ishlari bo`yicha 

Xatirchi tuman sudi sudyasi 

 

Zayniddin Hamdamov

Sudya yordamchisi

 

    Boshqa yangiliklar