1

Navoiyda “Sazanchik”dagi bezorilik “qamoq” bilan tugadi

Jamiyat 10.05.2021, 16:32
Teglar: Navoiy, sazanchik
Navoiyda “Sazanchik”dagi bezorilik “qamoq” bilan tugadi

Navoiy viloyatida 2021 yilning 06 may kuni soat 20:30 larda 32 yoshli M.Salim, 38 yoshli X.Zafar va 39 yoshli X.Sohiblar Karmana tumanida joylashgan “Sazanchik” restoranida spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirib, ularga xizmat ko`rsatayotgan ofisiant 26 yoshli H.Qosimjonning xizmati yoqmayotganligini vaj qilib, uni hech bir sababsiz haqorat qilib, do`pposlab, janjal vaqtida M.Salim uning qorin sohasiga pichoq sanchib olgan. Natijada H.Qosimjon shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib,  M.Salim, X.Zafar va X.Sohiblarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Navoiydagi konda yuz bergan portlash oqibatida mashinist halok bo`ldi

28.11.2022, 14:01

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida o`lim bilan yakunlangan baxtsiz hodisa yuz berdi. Hodisa bo`yicha "Navoiy kon metallurgiya kombinati" matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 26...
Navoiyda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan targ`ibot ishlari olib borilmoqda

19.07.2022, 11:56

Davlat veterinariya xizmati xodimlari tomonidan joylarda hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Jumladan,...
Navoiy va Bobur haqida filmlar namoyishi tashkil etiladi

08.02.2022, 14:57

Kinematografiya agentligi tomonidan Kinochilar uyi hamda yurtimiz telekanallarida o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi filmlarning...
Navoiyda 2 mlrd 575 mln so`m evaziga bog`cha rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi

13.01.2022, 08:45

Nurota tumani G`afur G`ulom nomidagi MFYda 10-sonli davlat MTT foydalanishga topshirildi.Maktabgacha ta`lim vazirligi bu bo`yicha ma`lumot berdi.Qayd etilishicha, mazkur 150 o`rinli MTTga Investisiya dasturi asosida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1