AsosiyJamiyat

Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga universitet  maqomi berildi

'Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga universitet  maqomi berildi'ning rasmi

Prezidentning “Jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish  chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri Dilbar Abdunabieva xabar berdi.

Universitet mutasaddilarining aytishicha, qabul jarayonlari 1 fevraldan boshlanib, 1 aprelgacha davom etgan. 

Nomzodni tibbiy ko`rikdan o`tkazish — tuman mudofaa ishlari bo`limlaridagi tibbiy komissiya tomonidan o`tkaziladi. Tibbiy ko`rikda yaroqli deb topilgan nomzodlar keyingi bosqichda individual-psixologik va umumjismoniy sinovlarga qo`yiladi.  

Shundan so`ng yakuniy tibbiy ko`riklar tashkil etiladi. Ana shu ko`rikdan o`tgan nomzodlar test sinovlariga qo`yiladi. Test sinovlaridan muvaffiqiyatli o`tganlar universitetga qabul qilinadi. 

Universitet bir qancha yo`nalishlar uchun kadrlar tayyorlaydi. Xususan:

  • IIV va Milliy gvardiya uchun — jamoat tartibini, yo`l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish;
  • Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun — harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo`mondonlik-taktik faoliyat sohasida;
  • qo`riqlash tuzilmalariga ega organlar uchun — qo`riqlash sohasining barcha yo`nalishlarida.

2021/2022 o`quv yilidan universitetda bakalavriat va magistratura tizimi joriy etiladi.

Universitetning asosiy vazifasi- jamoat xavfsizligini ta`minlash doirasida  ixtisoslik va huquqshunoslik yo`nalishlari bo`yicha kursandarni chuqurlashtirilib o`qitishdan iborat. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar