AsosiyJamiyat

Birgina ichimlik suvi ta`minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish uchun 2 trln. 239 mlrd. so`m. Pullar qaerga sarflandi?

'Birgina ichimlik suvi ta`minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish uchun 2 trln. 239 mlrd. so`m. Pullar qaerga sarflandi?'ning rasmi

Bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda «O`zsuvta`minot» AJ boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Tohir Haydarov mavzu yuzasidan muhim ma`lumotlar berdi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yilda ichimlik suvi ta`minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish yuzasidan 530 ob`ektlarda, 5910,2 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari va 559 ta inshootlarda qurilish montaj ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

2021 yilda ichimlik suvi ta`minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish yuzasidan jalb qilingan barcha manbalar hisobidan shakllantirilgan manzilli ro`yxat asosida jami 2 trln.

239 mlrd.so`m, shu jumladan investisiya dasturi doirasida — 1 trln. 155 mlrd.so`m, qo`shimcha manbalardan 1 trln. 55 mlrd.so`m hamda tashabbuskor tadbirkorlar va aholi hisobidan 28 mlrd.so`m mablag` o`zlashtirilishi belgilangan.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida joriy yil

1 may holatiga quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

 Birinchidan 2021 yil uchun Investisiya dasturi doirasida 163 ta, shundan 81 ta yildan-yilga o`tuvchi, 82 ta yangidan boshlanadigan ob`ektlar.

Joriy yil 1 may holatiga Investisiya dasturi doirasida yildan-yilga o`tuvchi 81 ta ob`ektlarning manzilli dasturi tasdiqlanib, 251 mlrd.so`m miqdoridagi mablag`lar moliyalashtirildi.

295 mlrd.so`mlik qurilish montaj ishlari bajarilib,

327,0 km uzunlikdagi ichimlik va 44,0 km oqova suv tarmoqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.

Yangidan boshlanadigan 82 ta ob`ektlarning 78 tasida loyiha smeta xujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olindi.

Shuningdek, 4 ta ob`ektning loyihaviy echimlari murakkabligi sababli loyihalash ishlari 15 mayga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

82 ta ob`ektlarning 78 tasida pudrat tashkilotlarini aniqlanib, moliyalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar