1

Ohangaronda YTH natijasida “Lacetti” va “Kamaz” yonib ketdi

Jamiyat 11.05.2021, 10:47
Teglar: YTH, Fvv, Ohangaron
Ohangaronda YTH natijasida “Lacetti” va “Kamaz” yonib ketdi

Joriy yilning 10 may kuni soat 21:46da Ohangaron tumani “Oybuloq” MFYdan o`tuvchi A-373 “Toshkent-O`sh”, “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo`lining kesishmasida  “MAN TGS” rusumli yuk mashinasi, “Lacetti” rusumli engil avtomobil va “Kamaz” rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.  Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

YTH natijasida yong`in kelib chiqib, “Lacetti” va “Kamaz” haydovchilari engil tan jarohati olishgan va ularning boshqaruvidagi avtoulovlar to`liq yong`indan zararlangan.

Hodisa joyiga Ohangaron tuman FVBning 4 ta yong`in-qutqaruv guruhlari 21:56da etib borgan. Yong`in 21:58da qurshab olinib,  22:08da to`liq bartaraf etilgan.

Sharhlar

Ohangaronda 2 dona tog` lolasini uzgan yigit jarimaga tortildi

20.04.2024, 20:14

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo`limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari o`tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Reyd davomida Ohangaron tumani Chetsuv...
Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

12.05.2023, 09:55

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...
Qoraqalpog`istonda "Nexia-3" va yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi, 5 odam halok bo`lgan (video)

06.02.2023, 13:36

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1