2021 yilning 6 may kuni soat 22:00 larda Pop tumani Hazratibob shoh ko`chasi hududida 38 yoshli D.Umidjon 52 yoshli G.Toxirjon bilan mast holatda o`zaro janjallashib qolishlari oqibatida uni yuz qismiga bir marotaba mushti bilan urganida, G.Toxirjon bo`y baravari yiqilishi natijasida hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan D.Umidjonga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Tergov harakatlari davomida marhum G.Toxirjon D.Umidjonni yoshligida sodir qilgan o`g`riligini eslatib mazax qilib, uni yuz qismiga bir shapaloq urganligi natijasida ushbu jinoyat kelib chiqqanligi aniqlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.