O`zbekiston Respublikasi Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi sababli chuqur xavotirda ekanligini bildiradi.
"Tomonlarni zo`ravonlikka chek qo`yish, vaziyatni beqarorlashtirishdan saqlanish va bundan buyon qon to`kilishiga yo`l qo`ymaslik hamda musulmon olami uchun muqaddas hisoblangan Iyd al-Fitr arafasida mojaroni hal etish bo`yicha barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiramiz.
Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini – status-kvoga rioya etilishini ta`minlash zarur, deb hisoblaymiz.
Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq meʼyorlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyusiyalar hamda “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etilishi lozim",–deyiladi O`zbekiston TIV axborotida.