AsosiyJinoyat

Buxoroda o`z xonadonida «ko`knor» parvarishlayotgan fuqaro qo`lga olindi

'Buxoroda o`z xonadonida «ko`knor» parvarishlayotgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati Qorako`l tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan keng qamrovli «Qoradori-2021» tezkor profilaktik tadbiri davomida taqiqlangan giyohni xonadonida o`stirgan fuqaro qo`lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Qorako`l tuman «Mallaishayx» mahallasida yashovchi, nafaqaxo`r B.H. o`zi yashab kelayotgan uyining tomorqasida sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko`ra markaziy poyasiga va ildizlariga ega, yashil rangli, o`ziga xos o`tkir hidli, ho`l (quritilmagan) holdagi, bo`yi 25-45 sm, poyasining diametri 0,3-0,7 sm.gacha bo`lgan, taqiqlangan giyohvandlik o`simligi hisoblangan 8 tup ko`knor o`simliklarini ekib parvarish qilib kelayotganligi fosh etilgan.

Mazkur holat yuzasidan B.H. nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar