AsosiyJinoyat

Toshkentda mehmonga kelgan ayol qarindoshining 5,500 dollarini o`g`irlab ketdi

'Toshkentda mehmonga kelgan ayol qarindoshining 5,500 dollarini o`g`irlab ketdi'ning rasmi

Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 23 aprel kuni taxminan soat 14.00 da 30 yoshli Muqaddas X. qarindoshi 34 yoshli Salomat K.ning uyida bo`lganida mezbon chalg`iganidan foydalanib, uning sumkasidan 5.500 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi («O`g`rilik») bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Gumonlanuvchi qo`lga olindi, tergov davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar