AsosiyJinoyat

Andijonda soliqchi qarzdorligi bo`lmagan fuqarodan uni "yo`q" qilib berish evaziga 15 mln so`m talab qildi

'Andijonda soliqchi qarzdorligi bo`lmagan fuqarodan uni "yo`q" qilib berish evaziga 15 mln so`m talab qildi'ning rasmi

DXX Andijon viloyati boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Buloqboshi tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori 15 mln. so`m olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda darakchi.uz ga DXX matbuot xizmati xabar berdi.

U mahalliy fuqaroga tegishli bo`lgan 33 sotix er maydonining aslida soliqdan qarzdorligi bo`lmasada, 30 mln so`m qarzi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni bartaraf qilib berish evaziga 15 mln so`m talab qilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar