AsosiyJinoyat

Surxondaryoda "Neksiya"sini "Lasetti"ga almashtirmoqchi bo`lgan shaxs chuv tushdi

'Surxondaryoda "Neksiya"sini "Lasetti"ga almashtirmoqchi bo`lgan shaxs chuv tushdi'ning rasmi

13 aprel kuni Surxondaryo viloyati Oltiariq tuman IIB TB hududdda sodir etilgan firibgarlik yuzasidan ma`lumot berdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabar qilinishicha, 2020 yil 28 iyun kuni tumanning “Jilibuloq” mahallasida yashovchi, X.Bekmurod tumanning “Yangiariq” mahallasida yashovchi, Q.Tuxtaga Neksiya rusumli avtomashinasini sotib, o`rniga Lasetti rusumli transport vositasini sotib olib berishni va`da qilgan.

Fuqaro rozilik bergach, uning Neksiya rusumli avtomashinasini 43.000.000 (qirq uch million) so`mga sotib yuborib, bergan va`dasini bajarmasdan ushbu pullarni o`zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Firibgarlik yo`li bilan o`zgalarning ishonchiga kirib, pullarini olib o`zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan X.Bekmurodga nisbatan 13 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar