26 yoshli Nargiz Ismoilova onasi Anora Ismoilova bilan O`zbekistonda yashovchi qizlarni Hindistonga olib borib, ularni fohishalik bilan shug`ullantirish maqsadida oldindan til biriktirishadi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo`yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi...
Anora Ismoilova Sojida Nazarovani Hindiston davlatiga fohishalik bilan shug`ullantirish uchun jo`natishi, zarur hujjatlar tayyorlashi va yo`l xarajatlarini qoplashini aytadi. Evaziga esa u Hindistonga borganidan so`ng o`n kun davomida qizi Nargiz Ismoilova topib bergan mijozlar bilan jinsiy aloqada bo`lish sharti bilan yollaydi. Sojida Nazarovaga Hindistonda yashashi uchun ruxsatnoma va “Toshkent-Dehli” yo`nalishdagi reysga elektron aviachipta olib berishadi. Uni shu yo`nalishdagi reys bilan Hindistonga yuborayotganlarida, Sojida Nazarovaning O`zbekiston hududidan chiqishiga taqiq qo`yilganligi sababli o`z harakatlarini oxiriga etkaza olishmaydi. So`ng ular Sojidani O`zbekiston hududidan chiqishi uchun qo`yilgan taqiqni echishi uchun yana pul bergan holda Hindistonga borgach, yigirma besh kun davomida fohishalik qilib berishi kerakligini ma`lum qilishgan. Sojida Nazarova Toshkent shahri aeroportida XTBga bo`lgan holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.
Bu orada Anora Ismoilova Saboxat Ja`farova bilan tanishib qoladi. Unga Hindistonga borib fohishalik qilish bilan shug`ullanadigan qizlarni topib bersa, har bir qiz uchun 100 AQSh dollaridan berishini va`da qiladi. O`z navbatida Saboxat Ja`farova ona-bolaning harakatlari qonunga xilof ekanligi sababli mazkur holat yuzasidan IIV JQBB xodimlariga murojaat qilgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB xodimlari tomonidan Saboxat Ja`farovaning murojaatidagi holatlarni tekshirib ko`rish maqsadida Dilnozaxon Alimova va Shahnoza Xalikova shartli mijoz sifatida jalb qilinadi. Saboxat Ja`farova Anora Ismoilova va Nargiz Ismoilovani Dilnozaxon Alimova va Shahnoza Xalikova bilan uchrashtiradi. Anora Ismoilova va Nargiz Ismoilova doimgidek qizlarga ketishlari uchun hujjatlar tayyorlashga va yo`l xarajatlariga ketadigan pullarni o`zlari to`lashlari, faqat ular Hindistonga borishganidan so`ng ushbu qilingan xarajatlar evaziga o`n kun davomida mijozlar bilan jinsiy aloqada bo`lishlarini aytishadi. So`ng ular xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari uchun 300.000 so`mdan berishgan. Anora Ismoilova Dilnozaxon Alimova va Shahnoza Xalikovaning xorijga chiqish uchun biometrik pasportlarini olib, mazkur pasportlarga Nargiz Ismoilova yordamida Hindistonda yashashlari uchun ruxsatnoma olishgan. Shundan keyin Nargiz Ismoilova Dilnozaxon Alimova va Shahnoza Xalikovani nomiga “Toshkent-Dehli” yo`nalishdagi reysga elektron aviachipta sotib olishgan. Chiptani Anora Ismoilovaga internet orqali yuborgan. Anora Ismoilova Saboxat Ja`farova, Dilnozaxon Alimova va Shahnoza Xalikova bilan Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish binosi oldida uchrashib, ularga “Toshkent-Dehli” yo`nalishidagi aviareys bilan qanday tartibda aeroport ichkarisiga kirib uchib ketishlari va Hindistonda ularni qizi Nargiz Ismoilova kutib olishini tushuntiradi. Dilnozaxon Alimova va Shahnoza Xalikovani xorijga chiqish uchun biometrik pasportlarini va Hindistonda yashashlari uchun ruxsatnoma hujjatlarini bermoqchi bo`lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
“HARAKATLARIMNING MOHIYaTINI TUShUNIB ETDIM”
Sudlanuvchi Nargiz Ismoilova sudda aybiga to`liq iqror bo`ldi...
- Haqiqatdan ham Hindistonning Dehli shahriga borganman. U erda mazkur davlat fuqarosi bo`lgan shaxs bilan rasmiy nikohdan o`tganman. So`ng Hindistonga tez-tez borib kelib turganman. Hindistonda O`zbekistondan borib fohishalik qilayotgan qizlarni ko`p pul topayotganini ko`rganimda, menda ham O`zbekistondan qizlarni Hindistonga olib borib, fohishalik bilan shug`ullantirgan holda pul topish fikri paydo bo`lgan. So`ng onamga Hindistonga o`z ixtiyori bilan borib, fohishalik qilmoqchi bo`lgan qizlar bo`lsa, ularni barcha xarajatlarini qilib, Hindistonga olib ketishimni, evaziga qizlar o`n kun davomida men topib bergan oltmish nafar mijoz bilan fohishalik qilib berishi lozimligi, so`ng qizlar yarimga-yarim ishlashlari mumkinligi haqida taklif berganman. Onam rozi bo`lgan. Turmush o`rtog`im bilan O`zbekistonga borganimizda, onam Oqqo`rg`on tumanida yashovchi bir qizni Hindistonga borib fohishalik qilishga yuborish maqsadida topib qo`yganini aytdi. Bundan tashqari onam Saboxat Ja`farova ismli tanishidan ham Hindistonga borib, fohishalik bilan shug`ullanuvchi qizlarni topib berishni iltimos qilganini ma`lum qildi. Shundan so`ng onam Oqqo`rg`on tumanida yashovchi qizni uyga chaqirdi. Qiz bilan ko`rishdim, qomati kelishgan, mijozlarga yoqadigan qizligini ko`rib, uni suratga tushirib oldim. Unga o`zim bilan birga uni Hindistonga barcha xarajatlarini qoplagan holda olib ketishimni, evaziga u erda fohishalik qilib berishini aytdim. Qiz taklifimga rozi bo`ldi. Oradan biroz vaqt o`tganidan so`ng onam menga tanishi Saboxat Ja`farova ikki nafar Hindistonga fohishalik qilish uchun bormoqchi bo`lgan qizlarni topganini aytdi. Onam bilan bir savdo markaziga qizlar bilan uchrashish uchun bordik. U erda onamning tanishi Saboxat Ja`farova, Dilnozaxon Alimova va Shahnoza Xalikova bilan ko`rishdim. Ularga o`zimni boshqa ism bilan tanishtirdim. Dilnozaxon Alimova va Shahnoza Xalikovaga Hindistonga borish uchun ketadigan barcha xarajatlarini qoplashimni, evaziga Hindistonga borganlaridan so`ng o`n kun davomida oltmish nafar mijozlar bilan fohishalik qilib berishlari kerakligini, so`ng yarimga-yarim ishlashlari mumkinligini aytdim. Ularga fohishalik qilish uchun mijozlarni va joyni ham o`zim topib berishimni aytdim. Qizlar rozi bo`lishdi. So`ng qizlarni savdo markazi hojatxonasiga olib borib, turli ko`rinishda fotosuratga tushirdim. Onam qizlarni xorijga chiqish uchun biometrik pasportlari yo`qligini aytdi. Onamga pul berib, dastlab Sojida Nazarovani Hindistonga yuborishimni aytdim. So`ng turmush o`rtog`im bilan “Toshkent-Dehli” yo`nalishidagi aviareysda uchib ketdik. Biz uchgan kunga Sojida Nazarovaga chipta topa olmadik. Shu sababli u boshqa kuni Hindistonga uchib borishi kerak bo`lgan. Biroq Sojida Nazarovani maishiy to`lovlardan qarzi bo`lgani bois O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o`tkazishmaganini, onam uning majburiy ijro bo`limidan qarzini qoplaganidan so`ng yuborishini aytdi. Onamga boshqa kunga chiptasini surdirib, oldimga yuborishini aytdim.
Shuningdek, onamga Dilnozaxon Alimova va Shahnoza Xalikovani yuborishini aytdim va qizlarni xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari uchun pul jo`natdim. Onam qizlarni “Toshkent-Dehli” yo`nalishidagi aviareys bilan yuborayotganini ma`lum qildi. Qizlarni kutib olish uchun Dehli shahri aeroportiga chiqdim. Biroq qizlar kelishmadi, onam ham qo`ng`irog`imga javob bermadi. Oradan bir qancha vaqt o`tgach, onam qizlarni Hindistonga yuborayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ushlaganini bildim.
Hozirda qilgan ishimdan chin ko`ngildan pushaymonman. Harakatlarimning mohiyatini tushunib etdim. Bu harakatlarimni boshqa takrorlamayman. Homiladorman, oilaviy sharoitini inobatga olgan holda engilroq jazo tayinlashni so`rayman.
Yuqoridagilardan tashqari, sudlanuvchi Anora Ismoilovaning aybi ham jabrlanuvchilarning arizalari va jinoyat ishida to`plangan boshqa dalillar bilan to`liq o`z isbotini topgan.
G`afur AMONOV, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi:
- Nargiz Ismoilova JKning 135-moddasi 2-qismi “b,d,e” bandlari bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. JKning 72-moddasiga asosan tayinlangan jazo shartli hisoblanib, Nargiz Ismoilovaga 1 yil sinov muddati belgilandi.
2020 yil 20 yanvardagi hukmga ko`ra esa A.Ismoilova JK 135-moddasi 2-qismining “b,d,e” bandlari bilan aybli deb topilgan.
Bahodir Yusupov, jinoyat ishlari bo`yicha Sirg`ali tuman sudi sudyasi:
- Cud majlisida sudlanuvchi A.Ismoilova aybiga to`liq iqror bo`lgan. A.Ismoilovaga JKning 135-moddasi 2-qismi “b,d,e” bandlari bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sudlanuvchining qilmishiga pushaymonligi va uy qamog`ida saqlangan 104 kun muddatini jazoning o`talgan muddatiga hisoblab, JKning 62-moddasiga asosan A.Ismoilovaga uzil-kesil o`tash uchun 4 yil 8 oy 16 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. JKning 72-moddasiga asosan tayinlangan jazo shartli hisoblanib, A.Ismoilovaga 3 yil sinov muddati belgilangan.
Sinov muddati mobaynida Anora Ismoilovaga yashash va ish joyi o`zgarib qolsa, bu haqda uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turishi, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro`yxatdan o`tib turish majburiyatlari yuklatildi. JKning 72-moddasining 6 va 8-qismlarida ko`rsatilgan oqibatlar tushuntirilgan.






