Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro M.Yu. fuqaro A.ni ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun Chilonzor tumanida bo`sh turgan er uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi qalbaki hujjatlarni taqdim etib, shu orqali er uchastkasida qurilish ishlari olib borishga ruxsat berilganligini ma`lum qilib, evaziga 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi, shundan 3 800 AQSh dollarini qaytarib, qolgan 6 200 AQSh dollarini qaytarmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28,211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar, qonunchilikka muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo`sh turgan er uchastkalari faqat e ijro auksion savdo maydonchasida elektron onlayn auksion orqali beriladi.
Agarda, Siz er uchastkalarini xarid qilmoqchi bo`lsangiz, new.e-auksion.uz saytiga murojaat qilishingizni so`raymiz.