AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Isroil va Falastindagi vaziyat bo`yicha pozisiyasi ma`lum qilindi

'O`zbekistonning Isroil va Falastindagi vaziyat bo`yicha pozisiyasi ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugun, 17 may kuni Prezident Matbuot kotibi ishtirokida o`tgan brifingda "Sevimli" telekanali muxbiri Jahongir Olimov Prezident Mirziyoevning o`tgan hafta Turkiya Respublikasi rahbari Rajab Toyib Erdo`g`an bilan muloqotiga e`tibor qaratib, Asadovdan O`zbekistonning Sharqiy Quddusdagi vaziyatga pozisiyasi haqida so`ragan.

“Ikki davlat rahbarlari telefon orqali muloqot chog`ida bu masalani atroflicha muhokama qilishdi. O`zbekiston Respublikasi Sharqiy Quddusdagi vaziyatni keskin tus olishidan albatta, juda ham xavotirda. Shuni alohida ta`kidlab o`tmoqchiman, zo`ravonlikka chek qo`yish, darhol to`xtatish va bu boradagi bor imkoniyatlarni safarbar qilish kerak, deb o`ylaymiz. Bundan tashqari, al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligi "status quo" holiga qaytishi, tiklanishi kerak, deb bilamiz. Umuman olganda, Isroil va Falastin muammosi xalqaro me`yoriy-huquqiy hujjatlar doirasida, BMT ning tegishli rezolyusiyalari va mamlakatimiz ko`p yillardan beri qo`llab-quvvatlab kelayotgan "ikki xalq uchun-ikki davlat" tamoyili asosida bu nizolar echilishi kerak”, degan Asadov.

Mavzuga doir:

Isroil va Falastin: to`qnashuvlar keyingi bosqichga o`tdi

G`azo chegarasida ziddiyatli vaziyat hamon davom etmoqda

Isroilliklar G`azo chegarasida tinimsiz qurolli hujum uyushtirmoqda

Ikki mamlakat o`rtasidagi to`qnashuv oqibatida isroillik askarlar halok bo`ldi

    Boshqa yangiliklar